Требования к статьям

Farmatsevtika jurnalida maqolalarni rasmiylashtirish tartibi:

 

Maqola bir interval oralig‘i, 12 shriftda, Word, Times New Roman bo‘yicha terilgan bo‘lishi lozim. Tahririyatga maqolaning nusxasi va elektron varianti taqdim etiladi. Maqola bilan birga ish bajarilgan muassasa rahbari imzo chekkan yo‘llovchi xat va ekspertiza dalolatnomasi taqdim qilinadi. Original maqolalar hajmi jadvallar, rasmlar, adabiyotlar ro‘yxati va rezyume bilan birga 8 betdan, tahliliy maqolalar esa 10-12 betdan oshmasligi, lekin har bir ilmiy maqola hajmi 0,25 bosma taboqdan kam bo‘lmasligi lozim. Tahliliy maqolalar faqat jurnal tahririyati buyurtmasi bilan yoziladi.

Matndagi harfli qisqartirishlarning ma’nosi avval to‘liq ochib beriladi, so‘ngra qisqartirishga tavsiya etiladi. Qisqartirishga qabul qilingan so‘zlardan boshqasini qisqartirish mumkin emas, maqolalardagi o‘lchov birliklari “SI” sistemasida beriladi.

Maqola matnidan avval: UDK, muallif ismi, sharifi, familiyasi ko‘rsatiladi. Maqola nomi katta harflar bilan qalin shriftda yoziladi. Maqola mualliflarining ish joyi va e-mail pochta manzili yoziladi. Maqola oxirida bog’lanish uchun telefon raqami, mas’ul shaxs ko‘rsatiladi. Maqola oxirida barcha mualliflar imzo chekishlari shart.

Chop etishga qabul qilingan maqolalar antiplagiat dasturi (programmasi) orqali tekshiriladi, majburiy ravishda taqriz qilinadi va lozim bo‘lsa tahrirlanadi. Tahririyat maqolalarni qisqartirish vakolatiga ega.

Boshqa nashriyotlarda chop etilgan maqolalarni tahririyatga yo‘llash qat’iyan man etiladi.

Qabul qilingan maqola qaytarib berilmaydi. Original maqolalar quyidagi qismlarni o‘z ichiga olishi kerak: kirish, mavzuning dolzarbligi, tajriba qismi va olingan natijalarning muhokamasi, xulosa.

Tadqiqot metodikasi aniq va batafsil materiallar esa tushunarli, aniq va qisqa tarzda beriladi. Kimyoviy formulalar, jadvallar, dori vositalarining dozasi va havolalar sinchiklab tekshirilgan bo‘lishi shart.

Matnda maqola oxirida keltirilgan adabiyotlar ro‘yxatiga havolalar ketma-ketlikda berilishi talab qilinadi (GOST bo’yicha). Maqolada foydalanilgan adabiyotlar oxirgi 10-15 yilda chop etilgan bo’lishi kerak.

Grafik materiallarining soni 2-3 tadan oshmasligi, fotosuratlar ham yuqori sifatli bo‘lishi, rasmlar aniq, ularning tagiga yoziladigan bitiklar boshqa betga o‘tib ketmasligi, matnda rasm va jadvallarga albatta havolalar berilishi zarur.

Jadvallar bo`linmasligi lozim. Agar jadval katta bo`lib 2 va undan ortiq sahifani egallasa, 2-sahifadagi jadval boshida “1-jadval davomi” deb yozilishi lozim. Jadval raqami va so`zi oddiy shriftda, jadval nomi (sarlavhasi) qalin (jirniy) harfda, jadval ichidagi ma`lumotlar oddiy harflar bilan yoziladi.

Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqolaga rezyumelar ilova qilinishi lozim (60 ta so‘zdan ko‘p bo‘lmasligi kerak). Rezyume so`zi yozilmaydi. Maqola boshida u qaysi tilda bo‘lsa, o‘sha tilda rezyume va tayanch iboralar (kalit so‘zlar) beriladi. Adabiyotlar ro‘yxatidan so‘ng esa maqola o‘zbek tilida yozilgan bo‘lsa, yana rus va ingliz tillarida va aksincha, ruscha yozilgan maqolalarga o‘zbek, ingliz tillarida rezyume va tayanch iboralar beriladi.

Maqola, ish bajarilgan muassasa rahbari imzo chekkan yo‘llovchi xat va ekspertiza dalolatnomasi quyidagi electron pochtaga yuboriladi: journal.pharmaceutical1992@gmail.com.