About the Journal
Farmasevtika jurnali haqida umumiy ma’lumotlar
Jurnal nomi:
O‘zbek tilida – Farmatsevtika jurnali,
Rus tilida – Farmasevticheskiy jurnal,
Ingliz tilida – Pharmaceutical journal
Jurnal tili: o‘zbek (lotin grafikasida), rus, ingliz
Davomiyligi: 2022 yildan 6 marta chiqadi.
Jurnal ta`sischisi: Toshkent farmatsevtika instituti
ISSN nashri 2010-7145
Guvohnoma № 000111
Tarixi
Farmatsevtika jurnaliga 1992 yilda asos solingan. Jurnal farmatsevtika va tibbiyot hamda tutash sohalar doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, farmatsevtika sanoati va dorixona muassasalari xodimlari, farmatsevtik oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari (magistrlari), malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari, shuningdek boshqa sohalarda ilmiy faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlar uchun mo`ljallangan.
Taʼsischi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti.
“Farmasevtika jurnali”
“Farmasevtika jurnali” farmasevtika, tibbiyot va tutash sohalarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari, fan va texnologiyaning so‘ngi yutuqlari, farmasevtik ta’lim tizimining yutuq va rivojlanish istiqbollarni ilmiy ommaga yetkazadi.
Jurnal tegishli sohalarda ilmiy tadqiqot olib borayotgan doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, farmatsevtika sanoati va dorixona muassasalari xodimlari, farmatsevtik oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari (magistrlari), malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari, shuningdek boshqa sohalarda ilmiy faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarning materiallarni jurnal sahifalarida chop etish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Jurnalda farmasevtika sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari va boshqa muhim hujjatlar sharhi, Farmasevtika ishini tashkil qilish va iqtisodiyoti, Farmakognoziya va botanika, Farmasevtik texnologiya va biotexnologiya, Farmasevtik va toksikologik kimyo, Dori vositalarini standartlash va sifatini ta’minlash, Organik sintez asosida dori vositalarini yaratish, Farmakologiya va klinik farmakologiya, Mikrobiologik va gistologik tadqiqotlar, Farmasevtik ta’lim va turli xil (munozaralar, sharxlar, yubileylar, ilmiy-o‘quv yangiliklari, farmatsiya tarixi va boshqalar) kabi ruknlar ostida maqolalar chop ettiriladi.
Jurnal keng oʻquvchilar auditoriyasiga: farmatsevtika va tibbiyot, kimyo fanlari sohasida ixtisoslashgan talabalar, doktorantlar, oʻqituvchilar hamda ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari uchun moʻljallangan.
Maqsad va vazifalari
Jurnalning maqsadi – farmatsevtika, tibbiyot va tutash sohalarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari, fan va texnologiyaning soʻngi yutuqlari, farmatsevtik taʼlim tizimining yutuq va rivojlanish istiqbollarni ilmiy ommaga yetkazish hisoblanadi.
Jurnal maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- tegishli sohalarda ilmiy tadqiqot olib borayotgan doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, farmatsevtika sanoati va dorixona muassasalari xodimlari, farmatsevtik oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari talabalari (magistrlari), malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari, shuningdek boshqa sohalarda ilmiy faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarning materiallarni jurnal sahifalarida chop etish;
- jurnal sahifalarida chop etilayotgan materiallarni xalqaro bazalarda qayd etilishini tashkil qilish.
